Alonso "Liverpul" hujumiga ikkita yangi o'yinchini tanladi

Mish-mishlarga ko'ra, Xabi Alonso shu yozda «Liverpul» boshqaruvini qo'lga olishi mumkin. Agar ispaniyalik mutaxassis mersisaydliklarni boshqarsa, u jamoa hujum chizig'ini besh nafar futbolchi atrofida qurmoqchi. Indykaila News nashrining xabar berishicha, ushbu ro'yxatdan quyidagi o'yinchilar joy olgan: Aleksandr Isak, Ugo Ekitike, Florian Virts, Yan Diomande va Maykl Olise.
Isak, Ekitike va Virts allaqachon «Liverpul» sharafini himoya qilishmoqda. Diomande va Olise esa mos ravishda Lissabonning «RB Leyptsig» hamda «Bavariya» klublari vakillari hisoblanishadi.
19 yoshli Yan Diomande 75 million evroga, 24 yoshli Maykl Olise esa 140 million evroga baholanmoqda.
Hozirda «Liverpul»ni Arne Slot boshqarmoqda. Jamoa Premer-liga turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.