Alonso La Liganing avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyi bo'ldi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Ispaniya Primerosining avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar berdi. Eslatib o'tamiz, "Real" yangi mavsumning 3 turidan so'ng 9 ochkoga ega.
Madridliklar 1-turda o'z maydonida “Osasuna”ni (1:0) mag'lub etgan bo'lsa, ikkinchi turda “Real Ovedo” ustidan mehmonda yirikroq g'alabaga erishdi (3:0), uchinchi turda esa o'z maydonida “Malorka”ni mag'lub etdi (2:1). Natija - birinchi o'rin, faqat "Atletik Bilbao" shuncha ochko to'plagan.