Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Bilbaoning "Atletik" klubiga (3:0) qarshi o'yinda darvozabon Tibo Kurtuaning harakatlari haqida fikr bildirdi.

Belgiyalik futbolchi "qaymoqranglilar"ga raqib darvozasi daxlsizligini ta'minlashga yordam berdi va 4 ta zarbani qaytardi.

"Kurtuaning seyvlari meni ajablantirmaydi. U bizga qo'lga kiritganlarimizni yo'qotmaslik va ishni oxiriga etkazish imkonini berdi," - deya Alonsoning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.

"Real" 36 ochko bilan La Liga turnir jadvalida "Barselona"dan (37) keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.