Alonso iste'fo haqidagi savolga javob berdi

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso navbatdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng o'z pozitsiyasi haqida gapirdi.
Yakshanba kuni "qaymoqranglilar" o'z uyida La Liga doirasida "Selta"ga yutqazdi (0:2). Mish-mishlarga ko'ra, agar chorshanba kuni jamoa Chempionlar Ligasida "Manchester Siti"ga yutqazsa, ispaniyalik bosh murabbiy iste'foga chiqarilishi mumkin.
"Siti"dan mag'lubiyatga uchragan taqdirda ishdan bo'shatilish? Bizning vazifamiz - uch ochko to'plash. Mana shunisi muhim, hamma fikr shunda. Biz yaxshiroq o'ynashga qodir ekanligimizni isbotlashimiz kerak. Vaziyatni o'zgartira olamanmi? Albatta. Biz bunga umumiy sa'y-harakatlar bilan erishamiz," - dedi Alonso matbuot anjumanida.
"Real" La Liga turnir jadvalida "Barselona"dan 4 ochko ortda qolib, 2-o'rinda bormoqda.