Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning turkiyalik yarim himoyachisi Arda Gyulerni "Liverpul" vingeri Florian Virtsga qiyosladi.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassis Virtsga Leverkuzenning "Bayer" klubida ustozlik qilgan. Yozda nemis "Liverpul"ga ko'chib o'tdi.

"Men uning rivojlanishidan juda mamnunman, lekin biz ko'proq narsani xohlaymiz. "Bayer"dagi Virts ham shunday edi. U yosh, ammo allaqachon buyuk o'yinchi - u jarayonda, ammo juda yuqori darajada," - deya Alonsoning so'zlarini keltiradi AS.