"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Atletik"ka qarshi o'yinda nima uchun yarim himoyachi Arda Gyulerni asosiy tarkibga kiritmagani haqidagi savolga javob berdi. Turkiyalik futbolchi 69-daqiqada jarohat olgan Eduardo Kamavinga o'rniga maydonga tushdi.

- Arda Jud bilan birga o'ynashi mumkin. Bizda juda ko'p o'yinlar bor va Gyulerning maydonga tushmagani bugungi o'yin uchun texnik echim, xolos," - dedi Alonso jurnalistlarga.

Ispaniya chempionati 19-tur o'yini "Real"ning "Atletik" ustidan yirik 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.