"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso mavsum yakuniga qadar "Lion"ga ijaraga berilgan Endrik haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Endrik? U o'ynashi kerak. Uning "Lion"ga o'tishi - yaxshi o'rta muddatli echim. Ko'plab futbolchilar ijaraga berilgan va bu erga qaytishgan. U o'ynash uchun vaqt oladi va umid qilamanki, bu uning rivojlanishi va yaxshilanishiga yordam beradi", - dedi Alonso.

Mavsumning birinchi qismida Endrik "qaymoqranglilar" safida 3 ta o'yinda maydonga tushdi va samarali harakatlar amalga oshirmadi.