"Real" ustozi Xabi Alonso jamoa yarim himoyachisi Jud Bellingemning holati haqida fikr bildirdi.

"Bizga eng yaxshi holatdagi Jud Bellingem kerak.

U yaxshi o'ynashga va jamoadoshlarini yaxshi o'ynashga undaydi. Men uni mashg'ulotda baxtli ko'ryapman, shuningdek juda yaxshi ishlayapti", - dedi Alonso.

22 yoshli ingliz joriy mavsumda 5 ta o'yinda hozircha birorta golda ishtirok etmadi.