Allegri yordamchisi: "Qanday jamoa, qanday ruh!"

Italiya chempionatida 4-tur o'yinlari davom etmoqda, "Milan" "Udineze" ustidan safarda yirik hisobda g'alaba qozondi - 3:0. Massimiliano Allegri diskvalifikatsiya tufayli o'yinni o'tkazib yuborgani uchun o'yindan so'ng uning yordamchisi Marko Landuchchi o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz doim shunday o'ynashimiz kerak. Shunday ruh bilan. Eslatib o'taman, bugungi raqibimiz "Inter" va "Pisa"ni mag'lub etgandi. Ishlashda davom etamiz, 3:0 hisobida g'alaba qozondik, ammo hali chempion bo'lmadik," - deya Landuchchining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Italiya chempionatining navbatdagi turida "Milan" mamlakat chempioni "Napoli"ni qabul qiladi.