Allegri yordamchisi: "Modrich - haqiqiy chempion"

"Milan"da Massimiliano Allegrining yordamchisi bo'lib ishlayotgan Marko Landuchchi yarim himoyachi Luka Modrich haqida fikr bildirdi.
Shanba kuni 40 yoshli xorvatiyalik futbolchi "rossonerilar"ga "Udineze" ustidan yirik hisobda g'alaba qozonishga (3:0) yordam berib, 81 daqiqa o'ynadi.
"Uning qanday futbolchi ekanini hamma biladi, lekin men Lukadagi insoniy fazilatlarni ta'kidlamoqchiman. U juda kamtar, haqiqiy chempion. U o'zini butunlay ishga bag'ishladi. Modrich yoshlar kabi mashg'ulotlarni davom ettirmoqda, u jamoadagi barchaga namuna. Bu aql bovar qilmaydigan narsa," - dedi Landuchchi DAZN’ga bergan intervyusida.
Luka Modrich "Milan"da ilk mavsumini o'tkazmoqda. Avvalroq, xavbek Madridning "Real" klubida o'ynagan.