Allegri «Real Madrid» bosh murabbiyligiga nomzodmi? Fabritsio Romano izoh berdi

«Milan» ustozi Massimiliano Allegri Madridning «Real» klubi bosh murabbiyligiga nomzodlardan biri sifatida ko'rilmoqda.
«Qirollik klubi» Alvaro Arbeloa bilan xayrlashishi mumkin, chunki uning qo'l ostida jamoa barqarorlikka erisha olmadi. Shunga qaramay, mashhur insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, hozircha bu mish-mishlarga ishonishga erta.
«Allegri va «Real»? Kelgusi oylarda «Real» bilan ko'plab turli nomlar bog'lanishiga tayyor turing. Bugungi kunda klubning biror bir murabbiyga bo'lgan qiziqishi haqida tasdiqlangan ma'lumot mavjud emas», — dedi ekspert.
Eslatib o'tamiz, shu yilning yanvar oyi o'rtalarida Alvaro Arbeloa iste'foga chiqarilgan Xabi Alonsoning o'rnini egallagan edi.