"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Marsel" yarim himoyachisi Adrien Raboning "qizil-qoralar" safiga o'tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

«Menga Rabo futbolchi sifatida yoqadi, biz "Yuventus"da birga vaqt o'tkazganimiz uchun yaxshi munosabatdamiz. Lekin so'nggi kunlarda u bilan gaplashmadik», - dedi Allegri.

Avvalroq, 30 yoshli futbolchi milanliklar safiga o'tib, 2 yillik shartnoma imzolamoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.