Allegri «Napoli» bosh murabbiyiga aylanadi

Massimiliano Allegri «Milan»dan iste'foga chiqarildi, biroq italiyalik mutaxassis juda qisqa vaqt ichida yangi ish joyini topdi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, italiyalik mutaxassis endi «Napoli»ni boshqaradi. Neapolliklar Antonio Konte ketganidan so'ng bosh murabbiysiz qolgan edi.
«Napoli» joriy mavsumni A Seriyada ikkinchi o'rinda yakunladi va Chempionlar ligasida ishtirok etadi. Allegrining sobiq klubi «Milan» esa beshinchi pog'onada qoldi va Evropa ligasida kurashni davom ettiradi.