"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri A Seriya doirasidagi "Bolonya"ga (1:0) qarshi o'yinda gol urib, jamoasiga g'alaba keltirgan Luka Modrichni maqtadi.

40 yoshli xorvatiyalik 61-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qildi.

"Luka - ajoyib futbolchi, uning o'yinini kuzatish katta zavq bag'ishlaydi, shu bilan birga u haqiqatan ham kamtar yigit. Modrich to'p qaerda bo'lishini bir daqiqa oldindan biladi. Ajoyib o'yinchi," - deya Allegrining DAZN bilan suhbatidan iqtibos keltiradi "Gazeta.Ru."