Italiyaning "Milan" klubi ustozi Massimiliano Allegri Luka Modrichning kelajagi borasidagi ishlar qanday ketayotgani haqidagi savollarga javob berdi.

"Modrich nima qilishni o'zi hal qiladi. Va u shartnomani uzaytirish yoki uzaytirmaslikni o'zi hal qiladi", - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o'tamiz, bungacha Modrich Madridning "Real" klubida to'p surgan edi. Hozirda "Milan" Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.