«Milan» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «rossonerilar»ning joriy mavsumdagi maqsadlarini belgilab oldi.

«Biz uchun Chempionlar ligasiga qaytish yaxshi natija bo'lardi. Kelasi yili bu yilgi natijani yaxshilashimiz kerak, undan keyingi yili esa har yili Skudetto uchun kurashadigan darajaga etgunimizcha o'sishda davom etishimiz lozim. Hozircha Chempionlar ligasiga yo'llanma olaylik, keyin kelasi yilgi ambitsiyalar qanday bo'lishini ko'rib chiqamiz. «Milan» uchun maqsad doimo — borini berib harakat qilish. Keyin esa voqelik sening oldingga qiyinchiliklarni qo'yadi, lekin doim avvalgi yilgi pozitsiyani yaxshilashga intilish kerak», — deya Allegrining so'zlarini Nikolo Skira keltiradi.

Ayni damda «Milan» Italiya chempionati turnir jadvalida 32 turdan so'ng 63 ochko jamg'argan holda uchinchi o'rinda bormoqda.