Allegri «Milan»ning EChL yo'llanmasi uchun necha ochko kerakligini hisoblab chiqdi

«Milan» ustozi Massimiliano Allegri jurnalistlarning Chempionlar Ligasiga yo'llanma olish masalasi hal bo'lgan-bo'lmagani borasidagi savollariga javob berdi.
«Bizga yana olti ochko yoki ikkita g'alaba etishmayapti. Maydonning so'nggi 25 metrida ancha aqlliroq harakat qilishimiz kerak edi. Yakuniy natija — bu barcha ochkolar yig'indisidir. Bizga etti ochko kerak edi, endi esa etti emas, olti ochko qoldi. O'tgan o'yinning asosiy xulosasi shundan iborat. Endi bor e'tiborimizni «Sassuolo» bilan bahsga qaratamiz», — deya Allegrining so'zlarini keltirmoqda pianetamilan.it.
Hozirda «Milan» Italiya A Seriyasi turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.