Allegri «Milan»ni sudga bermoqchi

«Milan» va Massimiliano Allegri o'rtasidagi do'stona va kelishuvga asoslangan xayrlashuv bo'lmaydi — murabbiy kompensatsiya talab qilishga va bunga barcha vositalar, jumladan sud orqali erishishga qat'iy bel bog'lagan. Qizig'i shundaki, aynan shu sababdan u hozircha «Napoli» bilan shartnoma imzolay olmayapti — aks holda, bu «Milan» bilan bo'lgan kelishuvni buzish deb hisoblanadi va uni kompensatsiya talab qilish huquqidan mahrum qiladi. Kompensatsiya miqdori esa oz emas, ko'p emas — 14 million evroni tashkil etadi.
Allegrining yuristlari fikricha, moliyaviy zarardan tashqari, murabbiyning imidjiga ham putur etkazilgan va bu summa mazkur zararni ham qoplashi kerak. Shu bilan birga, «Milan»ning o'zi egasi Jerri Kardinale bor-yo'g'i 500 ming evro taklif qilgan.