Allegri "Milan" - "Komo" o'yini Avstraliyada o'tkazilishiga munosabat bildirdi

"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "rossonerilar"ning "Komo"ga qarshi o'yini Avstraliyada o'tkazilishi haqida fikr bildirdi.
"Har qanday echimga moslashamiz. Asosiysi, hammasi tezroq hal bo'lsin. Asosiysi uch ochko olish", - dedi Allegri A Seriya doirasidagi "Piza"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq ushbu o'yinning Avstraliyaga ko'chirilishiga "Milan"ning bir qator futbolchilari qarshi chiqqan edi. "Milan" - "Komo" uchrashuvi 2026 yilning fevraliga belgilangan. Uchrashuv joyi Avstraliyaning g'arbiy qismidagi Pert shahri bo'lishi kerak.