"Milan" qatorasiga ikkinchi yirik g'alabani qo'lga kiritdi.

Italiya kubogida Massimiliano Allegri jamoasi "Lechche"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Shanba kuni "rossonerilar" A Seriya 4-turida "Udineze"ni tor-mor etishgandi - 3:0.

Bungacha "Bolonya" (1:0), "Lechche" (2:0) va "Bari" (2:0) mag'lub etilgandi.

Milanliklarga yagona mag'lubiyat 23 avgust kuni "Kremoneze"ga qarshi kechdi - 1:2.

28 sentyabr kuni "Milan" "Napoli" bilan, 5 oktyabr kuni "Yuventus" bilan kuch sinashadi.