"Milan" mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasini uzaytirdi.

Massimiliano Allegri jamoasi A Seriya 6-turida "Yuventus" bilan durang o'ynadi (0:0).

Bungacha "rossonerilar" barcha turnirlarda ketma-ket 5 ta g'alabaga erishgandi.

Milanliklar 13 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Ular 19 oktyabr kuni "Fiorentina" bilan kuch sinashadi.