Massimiliano Allegri "Milan" bilan barcha musobaqalarda kamida 100 ta g'alabaga erishgan 7-murabbiyga aylandi.

Bungacha bu marraga Karlo Anchelotti, Nereo Rokko, Fabio Kapello, Stefano Pioli, Nils Lidxolm va Arrigo Sakkilar etib kelishgandi.

Yakshanba kuni A Seriyaning 12-turida Allegri boshqaruvidagi "rossonerilar" "Inter"ni mag'lub etdi (1:0).

Allegri "Milan"ni 2025 yilning 30 mayidan buyon boshqarib kelmoqda. U bungacha 2010-2014 yillarda ham jamoaga ustozlik qilgan.