Allegri katta miqdorda jarimaga tortildi

"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya Superkubogi yarim finalida "Napoli"ga qarshi o'yinda jamoasi 0:2 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng 10 000 evro miqdorida jarimaga tortildi.
Jarima uning ikkinchi bo'limdagi xatti-harakatlariga ko'ra belgilandi. Intizomiy qarorga ko'ra, Allegri "Napoli"ning sport koordinatori Gabriele Orialiga bir necha bor haqoratomuz so'zlar aytdi.
Hodisalardan biri jonli efirda namoyish etildi va Federal prokuratura tomonidan yozib olindi.
Kommentariyalar