Allegri Fyullkrugga nima etishmayotganini aytdi

«Milan» bosh murabbiyi lavozimini egallab turgan Massimiliano Allegri markaziy hujumchi Niklas Fyullkrugning hozirgi sport formasi borasida o'z fikrlarini bildirdi.
«Doimiy o'yin amaliyoti bo'lmaganda, jismoniy holat pand beradi. U uchun birinchi bo'lim qiyin kechdi, ammo tanaffusdan keyin u ancha yaxshi ko'rindi. Unga barqarorlik kerak», — dedi Allegri «Torino» bilan o'yindan so'ng.
Avvalroq, germaniyalik forvard yozda «Milan»ni tark etishi haqida xabar berilgan edi — klub rahbariyati «Vest Xem»dan ijaraga olingan Fyullkrugning transfer huquqini sotib olishni rejalashtirmayapti.
Joriy mavsumda 33 yoshli hujumchi «rossonerilar» libosida 14 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ydi.