"Milan" darvozaboni Mayk Menyan "Bolonya"ga qarshi o'yinda (1:0) jarohat oldi.

“Rossonerilar” ustozi Massimiliano Allegri 55-daqiqada frantsiyalik futbolchini almashtirishga majbur bo'ldi – uning o'rnini Petro Terrachchiano egalladi.

"Men Menyan "Udineze"ga qarshi keyingi o'yinda maydonga tusha olmasligiga deyarli ishonchim komil, chunki boldir mushagi juda nozik soha.

Birgalikda ishlash muhim - kimdir safdan chiqqanida biz jamoaviy ruhga tayanishimiz kerak", - dedi Allegri.