"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Atalanta"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida chiqish qildi. To'qqizinchi tur uchrashuvi 28 oktyabr oqshomida bo'lib o'tadi.

"Biz tanaffusga [terma jamoalar o'yinlariga] eng yaxshi formada etib borishni, keyin esa dekabr oyini chempionatda yaxshi pozitsiyada yakunlashni istaymiz. Biz ilgari fenomenal harakat qilmaganmiz, lekin hozir ham zaif emasmiz. Gapirish emas, harakat qilish kerak", - deya ustozning so'zlarini keltiradi jamoa rasmiy sayti.

"Atalanta"ning jismoniy va texnik sifatlari juda yaxshi. Bergamoda o'ynash har doim qiyin. Biz kuchli to'rtlikka kirish uchun kurashayotgan jamoaga qarshi maydonga tushamiz", - deya qayd etdi Allegri.

O'tkazilgan 8 o'yin natijasiga ko'ra, "Milan" 17 ochko jamg'arib, A Seriya turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.