Allan Sen-Maksimen MLSga ko'chib o'tmoqda

«Sharlott» klubi «Lans» hujumchisi Allan Sen-Maksimen bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi, deya xabar bermoqda L’Equipe.
Payshanba kuni, 4 iyun kuni Frantsiya klubi 29 yoshli frantsiyalik futbolchining erkin agent sifatida jamoani tark etganini e'lon qilgan edi.
Allan Sen-Maksimen faoliyati davomida «Nyukasl Yunayted», «Sent-Eten», «Gannover», «Bastiya», «Nitstsa», «Al-Ahli», «Fenerbaxche» va «Amerika» kabi klublarda ham to'p surgan.
Eslatib o'tamiz, Sen-Maksimen qishki transfer oynasida Meksikaning «Amerika» klubi bilan shartnomani bekor qilib, «Lans» safiga ko'chib o'tgan edi. U Frantsiya jamoasi tarkibida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.