Alkantara: «Pedri — dunyoning eng yaxshi futbolchisi»

«Barselona»ning sobiq futbolchisi Tyago Alkantara dunyoning eng yaxshi o'yinchisi sifatida Pedrini e'tirof etdi.
«Yamal — bu fenomen. U istalgan joyda va istalgan jamoa bilan g'alaba qozona oladi. Kelasi yillarda u eng zo'ri bo'ladi. Ammo hozirda eng yaxshisi — uning jamoadoshi Pedri, u o'z pozitsiyasida eng zo'ri. Men uni Andres Inestaga o'xshataman», — deya Alkantaraning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda derbyderbyderby.it.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar