Alisson Salohning yonini oldi

"Liverpul" darvozaboni Alisson hujumchi Muhammad Salohning rahbariyat va bosh murabbiy Arne Slotga nisbatan aytgan gaplariga izoh berdi.
"Menimcha, Saloh kimgadir hurmatsizlik qilmoqchi bo'lmagan. Shunchaki unda so'z erkinligi bor. U nimani his qilsa, shuni aytishi mumkin. Umid qilamanki, u "Liverpul"da yana o'ynaydi. Ammo bu masala unga va klubga tegishli, men bu erda ortiqchaman," - dedi Alisson matbuot anjumanida.