Alisson qishda Saudiya chempionatiga yo'l olishi mumkin

“Liverpul” darvozaboni Alisson Bekker qishda jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Empire of the Kop xabar berdi.
Manbaga ko'ra, braziliyalik 33 yoshli kiperga Saudiya chempionatining top klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Nomi oshkor qilinmagan klublar yanvardayoq Alissonni o'z safiga qo'shib olish uchun kurash olib borishadi.
Avvalroq Turkiyaning ikki klubi ham Alissonga taklif yuborgan. U esa mersisaydliklarda qolishga qaror qildi.
Potentsial kelishuv 30 million evroga baholanmoqda. Uning “qizillar” bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.