O'zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev FIFA Isroil  jamoalarini xalqaro musobaqalardan chetlata olmayotgani borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

Bundan oldin FIFA kengashi Isroil jamoalarini ehtimoliy musobaqalardan chetlatish masalasini muhokama qilmagani, tashkilot prezidenti Janni Infantino esa «FIFA geosiyosiy muammolarni hal qila olmaydi» degani haqida xabar berilgan edi.

«Balki UEFA Isroilni rasmiy musobaqalardan chetlatishni xohlar, ammo bu borada hammasi FIFAning pozitsiyasiga borib taqaladi.

FIFAning bugungi pozitsiyasi AQShga bog'liq. Hozirgi kunda AQSh Isroilning asosiy, hatto yagona ittifoqchisi ekanini hamma biladi. Endi Isroilning boshqa tarafdorlari qolmadi. U hamma chegaralarni buzdi.

Bu juda noxush holat. Siyosat futbolni nazorat qilayotgani hech kimga sir emas. Biz bu narsaga ko'nikib ham qoldik. Infantino Tramp bilan do'stona munosabatni saqlab qolishga urinyapti, shuning uchun FIFA AQSh pozitsiyasidan kelib chiqib harakat qilmoqda», — dedi Alisher Nikimbaev Metaratings.ru saytiga bergan intervyusida.