Aliboev "Neftchi"dan ketadimi?

So'nggi vaqtlarda Farg'onaning "Neftchi" klubi etakchi yarim himoyachisi Ikrom Aliboevning kelasi mavsumni boshqa jamoada o'tkazishi haqida muntazam xabarlar chiqmoqda. "Neftchi" matbuot xizmati rahbari Saidafzal Abdullaev bu xabarlarga o'z telegram-kanalida munosabat bildirdi.
"Aliboev ketadi? Superliga missiyasi bajarildi. Endi navbat Elit ligaga. 2026 yilda ham birgamiz", - deb yozdi Abdullaev.
