Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jeremi Aliader Kilian Mbappening «Oltin to'p» uchun kurashdagi imkoniyatlari haqida o'z fikrini bildirdi.

Frantsiyalik hujumchi turnirda 8 ta gol urib, jamoasi bilan yarim finalgacha etib borgan bo'lsa-da, Ispaniyadan uchralgan mag'lubiyat uni xalqaro miqyosdagi asosiy sovrinni qo'lga kiritish imkoniyatidan mahrum qildi. Aliaderning fikricha, mavsum davomida jamoaviy sovrinlarning yo'qligi mukofot sohibini aniqlashda hal qiluvchi omil bo'ladi.

«Ha, o'ylaymanki, shunday bo'ladi. Agar u «Real» bilan g'alabalarga boy fantastik yilni o'tkazganida, «Oltin to'p»ga da'vogarlik qilishi mumkin edi. Ammo klub miqyosidagi sovrinlarsiz hammasi qiyinlashadi», — deya Aliaderning so'zlarini keltiradi Goal.

«Individual jihatdan bu fantastik yil bo'ldi, lekin afsuski, sovrinlarsiz. Biz «Oltin to'p» qoidalarini bilamiz: Chempionlar ligasi, jahon chempionati yoki Evroda g'alaba qozonish kerak», — deya qo'shimcha qildi ekspert.

Aliader endi Lionel Messini ushbu mukofot uchun asosiy da'vogar deb hisoblamoqda.

«Agar Messi yana jahon chempionatida g'alaba qozonsa, barcha uning yoshi va turnirda ko'rsatgan o'yinidan hayratda qoladi. Odamlar uning MLSda «Inter Mayami» safida to'p tepishini ham unutib yuborishadi», — dedi u.

Eslatib o'tamiz, Messi so'nggi (sakkizinchi) marta 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tgan JChdagi g'alabadan so'ng «Oltin to'p» sohibi bo'lgan edi.

Manba: Stadion.uz