Aliader: «Arsenal» himoyasi – Evropada, APLda va Chempionlar ligasida katta farq bilan eng yaxshisi»

Frantsiyalik sobiq mashhur futbolchi Jeremi Aliader Chempionlar ligasi finali oldidan o'z fikrlarini bildirdi. Bugun, 30 may kuni Budapeshtda bo'lib o'tadigan finalda «PSJ» va Londonning «Arsenal» klublari to'qnash kelishadi.
«Arsenal» himoyasi – Evropada, APLda va Chempionlar ligasida katta farq bilan eng yaxshisi. Agar «PSJ»ga nazar tashlasangiz, ularning hujum chizig'i ham ancha kuchli, Evropadagi eng yaxshilaridan biri, balki eng zo'ridir. Bu «PSJ» hujumi va «Arsenal» himoyasi o'rtasidagi shiddatli kurash bo'lishidan darak beradi», — dedi ekspert.
Aliader faoliyatining bir qismi ushbu klub bilan bog'liq bo'lgani uchun «kanonirlar»ga muxlislik qilishini tan oldi. Eslatib o'tamiz, «PSJ» va «Arsenal» joriy mavsumda o'z milliy chempionatlarida oltin medallarni qo'lga kiritishgan.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.