Sobiq hakam Alfonso Peres Burrul La Liga doirasidagi "Real" - "Selta" (0:2) uchrashuvi bosh hakami Alexandro Kinteroning qarorlariga izoh berdi.

Ushbu o'yinda madridliklarning ikki futbolchisi - Fran Garsiya va Alvaro Karreras maydondan chetlatildi.

Garsiya bir daqiqa ichida ikkita sariq kartochka oldi. Karreras hakam bilan tortishgani uchun sariq va to'g'ridan-to'g'ri qizil oldi.

"Frans Garsiyaning ikkita sariq kartochkasi to'g'ri ko'rsatilgan deb o'ylayman. Murabbiyining reaktsiyasi o'z-o'zidan ma'lum. Ammo hakam Karreras bilan bog'liq vaziyatga boshqacha munosabatda bo'lishi kerak edi. Bu hakamning xatosi. U o'yindan keyin bosimga dosh berishi kerak bo'ladi. Ammo bu natijaga ta'sir qildi, deb o'ylamayman", - dedi Alfonso Peres Burrul.