Alfonso Devis Kanadaning JCh-2026dagi ilk o'yinini o'tkazib yuboradi

Himoyachi Alfonso Devis Kanada terma jamoasining Jahon chempionatidagi birinchi uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Jessi Marsh ma'lum qildi.
Ma'lumki, Devis mushaklaridagi jarohat tufayli 2025/2026 yilgi klub mavsumining yakuniy qismini o'tkazib yuborgan edi. Futbolchi hali to'liq sog'ayib ulgurmagan.
“Kecha biz MRT qildirdik. Juda ijobiy belgilar bor: Devis yaxshi tiklanmoqda, u deyarli tayyor. Biz uning mashg'ulotlardagi yuklamasini oshirishga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Umid qilamizki, yaqin kunlarda bu jarayon tezlashadi va u guruh bosqichida maydonga tushishga ulguradi”, — dedi Marsh matbuot anjumanida.
Kanada — Bosniya va Gertsegovina uchrashuvi 12 iyun kuni bo'lib o'tadi.