Alexandro Garnachoning «Chelsi»dagi kelajagi so'roq ostida qoldi

Argentinalik vinger Alexandro Garnacho yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Saymon Fillips o'z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, Londonning «Chelsi» klubi rahbariyati yarim himoyachini sotishga tayyor va potentsial xaridorlardan takliflar kutmoqda. Alexandroning bozor qiymati 40 million evroga baholanmoqda, uning amaldagi shartnomasi esa 2032 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, 21 yoshli argentinalik futbolchi «Chelsi»ga «Manchester Yunayted»dan 46 million evro evaziga o'tgan edi.
Angliya chempionatining joriy mavsumida Alexandro 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol va to'rtta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.