Alexandro Garnacho «Manchester Yunayted» bilan xayrlashdi

Argentinalik vinger Alexandro Garnacho klubdagi besh yillik faoliyatidan so'ng «Manchester Yunayted» bilan xayrlashdi.
Eslatib o'tamiz, 21 yoshli futbolchi «Chelsi» bilan shartnoma imzoladi. Bitim 2032 yilga qadar amal qiladi.
«Yoddan chiqmas besh yildan so'ng hayotimning bu maxsus bosqichi yakunlanmoqda. Biz birga hech qachon unutilmaydigan lahzalar yaratdik va men buning uchun juda minnatdorman. Menga ishongan murabbiylarga, klub xodimlariga va jamoadoshlarimga rahmat. Har gal bu emblemani kiyganimda, maydonda borimni berdim. Biz birgalikda erishgan yutuqlardan faxrlanib ketmoqdaman va oldinda meni kutgan yangi sahifalarni sabrsizlik bilan kutayapman. Klubga kelajakda faqat omad tilayman, o'zim esa yangi kareram uchun bor kuchimni berishga tayyorman», — deya Garnachoning so'zlarini «Manchester Yunayted»ning rasmiy sayti keltirdi.
Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, Garnachoning «Chelsi»ga transferi taxminan 40 million funtni (46 million evrodan ko'proq) tashkil etgan.
Garnacho — «Manchester Yunayted» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U asosiy jamoa safida 144 ta o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 22 ta golli uzatma berdi.