"Levante" - "Barselona" o'yinida (3:4) Alexandro Baldening qo'liga to'p tegishi bilan bog'liq mojaroli epizod rasman to'g'ri deb topildi.

Hakamlarning texnik qo'mitasi (CTA) belgilangan penalti to'g'ri bo'lganini tasdiqladi.

Qo'mita xulosasiga ko'ra:

"Hakam penaltini to'g'ri belgilayapti, chunki qo'l noto'g'ri pozitsiyada turibdi va darvozaga ketayotgan zarbaga xalaqit beryapti", - deyiladi xabarda.

Shu tariqa, hakamning bahsli vaziyat bo'yicha qarori CTA tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlandi va "Levante"ning penaltidan urgan goli qonuniy deb topildi.