Aleksandr Usik navbatdagi jangini qachon o'tkazishini aytdi

O'ta og'ir vazn toifasida WBA, WBC, IBF va IBO yo'nalishlari bo'yicha mag'lubiyatga uchramagan 39 yoshli amaldagi jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik navbatdagi jangini qachon o'tkazishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.
- Aleksandr, sizni yana qachon ringda ko'ramiz?
- Balki mart oyida ringga qaytishim mumkin.
- Qanaqa raqib? Kimni qidiryapsiz? Hozir ro'yxatda kimlar bor?
- Bilmayman. Biz bunga tayyorgarlik ko'ryapmiz", - dedi Usik YouTube’dagi Seconds Out kanaliga bergan intervyusida.
Usikning professional rekordida 24 ta g'alaba bor, shundan 15 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgan va birorta ham mag'lubiyat yo'q.