Aleksandr Mostovoy: «Hech kim O'zbekistonni natija uchun tanqid qilmaydi. Ular bu musobaqadan zavq olishlari kerak»

Rossiyalik sobiq futbolchi Aleksandr Mostovoy JCh-2026 guruh bosqichi 1-turida bo'lib o'tgan O'zbekiston — Kolumbiya (1:3) uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
«Hayajonlanish, muxlislik qilish — bir masala. Ammo O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi kuchini xolis baholash kerak. Kimdir O'zbekiston Kolumbiyani mag'lub etadi deb o'ylaganmidi? Ha, Ispaniya ishtirokidagi o'yindan keyin mo''jizalar ham bo'lishini ko'rdik. Futbolda hamma narsa bo'ladi. Ammo voqelikka to'g'ri qarasak, Kolumbiyadan ochko olishini ko'pchilik kutmagandi. Hatto ularning asosiy tarkibida Kordoba ham maydonga tushmagan edi.
O'zbekiston jahon chempionati ishtirokchilari soni kengaytirilgani tufayli mundialga chiqdi. Lekin buning o'zi ham katta yutuq. Hamma xursand. Ular sayyoramizning eng yirik futbol turnirida ishtirok etmoqda. Butun mamlakat bu voqea bilan yashamoqda va buning o'ziyoq katta natija hisoblanadi.
Hech kim ularni natija uchun tanqid qilmaydi. Ular bu musobaqadan zavq olishlari kerak», — dedi Mostovoy.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi JCh-2026dagi ilk uchrashuvida Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Terma jamoamizning yagona goliga Abbosbek Fayzullaev mualliflik qildi.
Manba: Stadion.uz