Madridning «Real» klubi himoyachisi Trent Aleksander-Arnold jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan ishlashning dastlabki kunlari haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

«Qirollik klubi» portugaliyalik mutaxassis tayinlanganini 11 iyun kuni e'lon qilgan edi.

«Juda ajoyib. Men har doim bu murabbiyga tan berib kelganman. Uning jamoalariga qarshi bir necha bor o'ynaganman. U va uning jamoasi bilan ishlash — katta zavq. Bu oson emas. Printsiplar va talablar darajasi juda yuqori. Bir-birimizni qanchalik yaxshiroq bilsak, u bizga shunchalik ko'p narsani o'rgata oladi. Buni intiqlik bilan kutyapman. Hammamiz yangi narsalarni o'rganishga va takomillashishga tayyormiz. Ishonamanki, Mourino bizga ko'p narsani o'rgatadi va yangi mavsumda sovrinlar yutishimizga yordam beradi», — deya Aleksandr-Arnoldning so'zlaridan iqtibos keltiradi «Real» matbuot xizmati o'z rasmiy saytida.

Manba: Stadion.uz