Madridning "Real" klubi safida to'p tepaayotgan qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold Chempionlar ligasi umumiy bosqich 4-turidan o'rin olgan "Liverpul"ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin.

Diario AS jurnalistlarining ma'lum qilishicha, angliyalik futbolchi sobiq jamoasiga qarshi o'yingacha tiklanib ulguradi. "Liverpul" va "qirollik klubi" uchrashuvi 4 noyabr, seshanba kuni "Enfild" stadionida bo'lib o'tadi.

Aleksander-Arnold yozgi transferlar vaqtida Madrid grandi safiga qo'shildi. Yulduz futbolchining narxi 75 million evroga baholanmoqda.