Aleks Fergyuson mag'lubiyatlar uni qanday qilib eng yaxshi murabbiyga aylantirganini aytdi

Aleks Fergyuson mag'lubiyatlar uni eng yaxshi murabbiyga aylantirgani haqida gapirdi.
Shotlandiyalik murabbiyning so'zlariga ko'ra, mag'lubiyatlarga hayotning bir qismi sifatida qarash kerak va ularni tuzatish mumkin.
"Men "Aberdin" va "Manchester Yunayted"da 9ta finalda mag'lub bo'ldim. To'qqizta final! Bilasizmi, u nima qiladi? Ertasi kuni ertalab men eng yaxshi murabbiyga aylandim.
Mag'lubiyatni to'g'ri qabul qilishingiz kerak. G'olib bo'lish uchun mag'lubiyat hayotingizning bir qismi ekanligini qabul qilishingiz kerak, ammo ertasi kuni uni tuzatishingiz mumkin.
Barcha yosh o'yinchilar shu erda, mag'lubiyatga to'g'ri munosabatda bo'ling va ertasi kuni g'olib ekanligingizga ishonch hosil qiling. 32 ta finalda yutdim-ku [kuladi]!", deydi Fergyuson.