Italiyaning «Komo» klubi faxriy futbolchilar bilan xayrlashishda davom etmoqda — Serxio Robertodan keyin Italiyada oxirgi ikki mavsumni o'tkazgan Alberto Moreno ham jamoani tark etmoqda. U «Komo» safida jami 48 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Uning faoliyatidagi eng yorqin yillar o'tmishda qolgan — u 2014 yilda Ispaniyaning «Sevilya» klubi bilan Evropa Ligasida g'olib chiqqan edi. Shuningdek, albatta, «Liverpul»dagi chiqishlari va 2019 yilda — «Vilyarreal»ga o'tgan yilida ingliz klubi bilan Chempionlar Ligasida zafar quchganini ta'kidlash lozim. Ispaniya klubi safida ham u yana bir bor Evropa Ligasi bosh sovriniga ega chiqqandi.

Faxriy futbolchining yaqin kelajakda nima ish bilan shug'ullanishni rejalashtirayotgani hozircha ma'lum qilinmagan.

Manba: Stadion.uz