Alba nima uchun faoliyatini yakunlashga qaror qilgani haqida so'zlab berdi

"Inter Mayami"ning 36 yoshli qanot himoyachisi Jordi Alba nima uchun shu yil oxirida faoliyatini yakunlashga qaror qilgani haqidagi savolga javob berdi.
- Menda 20 yoshimda bo'lgan o'sha ishtiyoq so'na boshladi. Shartnomani yangilash rejalashtirilgan edi. Ammo men hech qanday muammosiz faoliyatimni yakunlayman", - deya Albaning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Alba "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U deyarli butun faoliyatini Kataloniya klubida o'tkazdi. U 2023 yilning yozidan beri "Inter Mayami" sharafini himoya qilmoqda.