Alan Shirer «Chelsi»ning transfer siyosatini ayovsiz tanqid qildi

Angliyalik afsonaviy sobiq hujumchi Alan Shirerning fikricha, «Chelsi» transferlarga bo'lgan yondashuvini qayta ko'rib chiqishi kerak.
Yaqinda «ko'klar» Liam Rosenorning iste'foga chiqarilganini e'lon qilishdi — bu jamoa uchun joriy mavsumdagi ikkinchi murabbiy almashinuvi bo'ldi. Jamoa Premer-liga turnir jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi va Chempionlar ligasiga yo'llanma ololmaslik xavfi ostida qolgan.
"Chelsi" transferlar uchun shuncha mablag' sarfladi, biroq tarkibda hali ham yuqori darajadagi (top-darajadagi) futbolchilar yo'q. Bu shunchaki kulgili. Klub egalari nimanidir o'zgartirishga tayyormilar? Bu model ishlamayotgani kundek ravshan va ular buni nihoyat tushunib etadigan vaqt keldi", — deya Shirerning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Chels HQ.