Alaba «Real»dagi xayrullashuv o'yinidan so'ng muxlislarga murojaat qildi

David Alaba klubdagi so'nggi o'yinidan so'ng «Santyago Bernabeu» tomoshabinlari bilan xayrlashdi. Avstriyalik futbolchi La Liganing so'nggi turi doirasida «Atletik Bilbao»ga qarshi kechgan bahsning 70-daqiqasida zaxiraga olindi. Uchrashuv «qaymoqranglilar»ning 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Final hushtagidan so'ng Alaba mikrofon orqali muxlislarga xayrullashuv nutqini so'zladi.
«Men uzun nutq tayyorlamagandim, ozgina xijolatdaman. Barcha yillar va qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat aytmoqchiman. Og'ir jarohatni boshdan o'tkazdim, shu sabab kutganimdan kamroq o'ynadim, lekin siz doim yonimda bo'ldingiz. Hammasi uchun sizdan minnatdorman. Siz abadiy qalbimdasiz. Hala Madrid!» — deya 33 yoshli futbolchining so'zlarini Madrid Xtra nashri keltiradi.
David Alaba 2021 yildan beri «Real» sharafini himoya qilib kelayotgan edi.