Yarim himoyachi Dani Olmo «Barselona»dagi faoliyatini davom ettirish niyatida. Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, futbolchi Saudiya Arabistonining «Al-Qodisiya» klubi taklifini rad etgan.

Saudiya klubi Olmo uchun «Barselona»ga 60 million evro to'lashga tayyor edi. Futbolchining o'ziga esa yiliga «toza» 9,5 million evro maosh bilan to'rt mavsumlik shartnoma taklif qilingan.

2025/2026 yilgi mavsumda Olmo 39 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda yarim himoyachi o'z hisobiga sakkizta gol va sheriklariga sakkizta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. May oyida Dani 28 yoshini nishonlaydi.

«Barselona» La Ligada ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi «Real» etti ochkoga ortda qolmoqda.