"Al-Qodisiya" "Borussiya" futbolchisini sotib oldi

"Al-Qodisiya" Yulian Vayglni sotib oldi.
Saudiya klubi 2022 yildan buyon "Borussiya Myonxengladbax"da to'p surib kelayotgan yarim himoyachi transferini e'lon qildi.
Avval xabar qilinganidek, 29 yoshli futbolchining transferi 7 mln evroga tushgan. Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Yaqin Sharqdagi uch yil davomida 21 mln evro oladi.